Buyuk mutaffakir Xahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ushbu lug'ati ulug' adib ijodining asosiy so'z boyligini qamrab olgan. Lug'at Bobur asarlari yuzasidan hozirgi lug'atshunoslik tamoyillari va tarixiy-filologik tahlil asosida tuzilgan, unga so'zlarning mukammal izohi berilgan. Bobur asarlari matnidagi lug'aviy birliklarni izohlash buyuk mutafakkir ijodini keng yoyish, ommalashtirish, bir qator sohalardagi tadqiqotlar tizimini shakllantirish, shuningdek, o'zbek tilining ifoda va ta'sir imkoniyatlarini, lug'aviy birliklarda til egasi tafakkuri, idrokining aks etish darajasini yoritishga xizmat qiladi.
Mazkur lug'at "Boburnoma" leksikasiga bag'ishlangan tadqiqot ilovalari hamda hozirga qadar yozilgan lug'atlarga tayanilgan holda tuzilgan. Lug'atda avvalgi tadqiqotlar yoki lug'atlarda qayd etilmagan so'zlar, iboralar qamram olingan, ayrim so'zlarning izohiga aniqlik kiritilgan.
Lug'at kitobxonlarga buyuk mutafakkir asarlarini chuqur tushunish, mutaxassislarga tarixiy, qiyosiy-tarixiy grammatika bo'yicha ashyoviy materiallarni to'plashda yordam beradi. Lug'at materiallari Boburning qomusiy tafakkuri va tildan foydalanish mahoratini yoritishda qo'l keladi. Lug'at, shuningdek, o'zbek tili milliy korpusining tarixiy qatlamga oid lingvistik ta'minoti sifatida ham amaliy ahamiyatga ega. Ilmiy xodimlar, oliy o'quv yurtlari filologiya fakultetlari professor-o'qituvchilari, talabalari va Bobur ijodining ixlosmandlariga mo'ljallangan.
Title
Description

Creator
Z. Xolmanova, Sh. Hayitov, D. Muhammadiyeva
Contributor
Publisher
Date
Identifier
Rights
Subjects
Til. Tilshunoslik. Lingvistika. Adabiyot
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage