Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma yapon tilini boshlang‘ich darajada
o‘rganuvchi talabalar, o‘qituvchilar hamda mustaqil ravishda til
o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada yapon tilining asosiy
grammatik qoidalari, kundalik muloqotda eng ko‘p ishlatiladigan iboralar va
so‘z boyligi tushunarli tarzda izohlangan. Har bir mavzu qisqacha nazariya,
misollar, rasmlar va mustahkamlovchi mashqlar bilan boyitilgan bo‘lib,
o‘quvchining tilni tez va samarali o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Qo‘llanmada interfaol yondashuv asosida tuzilgan topshiriqlar, real
hayotiy vaziyatlardan olingan suhbatlar, muloqotga oid o‘yinlar va tinglab
tushunish bo‘yicha mashqlar keltirilgan. Bu esa talabalarni yapon tili
madaniyati va milliy urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirib, ularning tilga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Ushbu qo‘llanma nafaqat dars jarayonida, balki mustaqil o‘rganish
jarayonida ham samarali vosita sifatida foydalanish imkonini beradi.
Qo‘llanma amaliyotga yo‘naltirilganligi bilan boshqa o‘quv adabiyotlardan
ajralib turadi va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma vazifasini ham
bajaradi.
Qo‘llanmadan yapon tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanayotgan
o‘qituvchilar, yapon tili bo‘yicha boshlang‘ich bilim olishni istagan talabalar
hamda o‘z bilimlarini mustaqil tarzda mustahkamlashni istagan har bir
o‘quvchi foydalanishi mumkin.
Title
Yapon tili A1 va A2 daraja uchun matnlar to'plami
Description

Creator
Temirova Muslima Abdirashidovna
Contributor
Publisher
Date
Identifier
Rights
Subjects
Til. Tilshunoslik. Lingvistika. Adabiyot
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage