Jahon iqtisodiyotining ikkinchi iqtisodiyoti va o‘z maqomiga ko‘ra rivojlanayotgan mamlakat hisoblangan Xitoy Xalq Respublikasi hozirgi davrda dunyoning eng yirik va eksport salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatiga aylandi. O‘zining iqtisodiy rivojlanishi va iqtisodiy salohiyati jihatidan kuchli hisoblangan dunyoning yetakchi mamlakatlari, xususan, AQSH, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qatorida Xitoy ham iqtisodiy, ijtimoiy hamda ilmiy-texnologik taraqqiyot yo‘nalishlarida yuqori raqobatbardoshlik darajasiga erishdi. Buning asosiy sababi shundaki, bugungi kunda Xitoy xalqaro maydonda amalga oshirayotgan qat’iy va izchil iqtisodiy siyosati, xalqaro iqtisodiy aloqalardagi faol ishtiroki, barqaror iqtisodiy o‘sishi hamda ijtimoiy rivojlanishi orqali zamonaviy va o‘zini o‘zi ta’minlay oladigan salohiyatga ega davlat sifatida namoyon bo‘lmoqda. Aynan, shu nuqtai nazardan, Xitoy o‘zining iqtisodiy rivojlanish modeli, undagi amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar jarayonlari, mamlakatni industriallashtirish va modernizatsiyalash konsepsiyalarini chuqur o‘rganib chiqish mazkur davrning dolzarb masalalariga aylanmoqda.
“Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti” fanidan tayyorlangan ushbu darslik XXRning iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, uning davlat bo‘lib shakllanish va rivojlanish shart-sharoitlari, unga ta’sir etgan omillari, mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari hamda yaqin istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining muhim jihatlarini qamrab olgan.
Yuqoridagi fikrlarni e’tiborga olgan holda, Xitoy iqtisodiyoti fani kesimida mamlakat iqtisodiyotining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari va xususiyatlari mazkur fandan tayyorlangan darslik Jahon iqtisodiyoti va XIM, Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyotini yo‘nalishida tahsil olayotgan 2-3-4-kurs talabalari uchun mo‘ljallangan.
Title
Xitoy xalq respublikasi iqtisodiyoti
Description

Creator
B.D. Saidbekova
Sh.S. Xasanova
A.B. Sultonova
Contributor
Publisher
Date
Identifier
Rights
©Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2025
Subjects
Iqtisod. Iqtisodiy fanlar
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage