“Koreys adabiyoti poetikasi” darsligi 70230104 – Adabiyotshunoslik (koreys adabiyoti) mutaxassisligi magistrantlari uchun moʻljallangan. Darslik turli davrlarda yaratilgan koreys nasrining oʻziga xos xususiyatlarini yoritish orqali nasr poetikasi masalalarini talqin va tahlil qiladi. Koreys adabiyoti tarixida nasriy asarlarning ilk ildizlari, takomillashuv jarayonida janrlarning turfalashuvi, xitoy, yapon, hind adabiyoti bilan uzviy bogʻliqligi masalasi, XX asr boshiga kelib Yevropalashuv jarayonida rus va gʻarb mamlakatlari adabiyotidan taʼsirlangan nasrning shakl va mazmun oʻzgarishi, asarlarda xalq eʼtiqodining aks ettirilishi, davr ruhi singdirilishi kabi masalalar davr muhiti nuqtai nazaridan yoritilgan.
Darslik oʻz ichiga dolzarblik kasb etuvchi oʻn bitta mavzuni qamrab olgan. Tuzuvchilar koreys nasri poetikasi masalalarini yoritishda qiziqarli syujet, oʻziga xos kompozitsion qurum, nasrning mafkuraviy xarakteri, janr xususiyati, muallif tushunchasidagi detallar, yangi ifoda vositalari, anʼanaviy adabiyotning mafkuraviy ixtilof va sanoatlashtirish davrida ham insoniy munosabatlarni saqlab qolishga qaratilgan masalalarini ajratib koʻrsatadi. Shu bilan birga darslikda tayanch soʻz va iboralar, nazorat savollari, mustaqil taʼlim uchun mavzular berildi.
Shuningdek, darslik oliy oʻquv yurtlarining filologiya yoʻnalishida tadqiqotlar olib borayotgan ilmiy izlanuvchilar hamda keng doiradagi adabiyot muxlislariga moʻljallangan.
Title
Koreys adabiyoti poetikasi
Description

Creator
Umida Saydazimova
Durdona Murodova
Aziza Xidoyatova
Contributor
Muxibova Ulfatxon Uchqunovna
Publisher
Date
Identifier
Rights
©Toshkent davlar sharqshunoslik universiteti, 2022
Subjects
Til. Tilshunoslik. Lingvistika. Adabiyot
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage