Ushbu monografiya XI asrning oxirlaridan XIII asrning boshlarigacha bo'lgan tarixiy davrda hukm surgan Xorazmshoxlar-Anushtakinlar davlati tarixini yoritib berishga bag'ishlangan.
XI asrning so'nggi choragi va XII asrning birinchi yarmida Xorazm Markaziy Osiyo Tarixi jarayonlariga katta ta'sir ko'rsatgan siyosiy kurashlar maydoniga aylandi. Saljuqiy sulton Malikshoh davrida Xorazmga noib qilib taynlangan Anushtakin (1077-1097) Xorazmda yangi turkiy sulolaga asos solindi. Anushtakin siyosatini davom ettirgan avlodlari Qutbiddin (1097-1127), Otsiz (1127-1156) Elarslon (1156-1172). Takash (1172-1200). Sulton Muhammadlar (1200-1220) hukmronligi davrida Anushtakinlar davlati Sharqning qudratli saltanatiga aylanadi. Ammo, Muhammad Xorazmshoh davrida ichki ziddiyatlarning kuchayishi mamlakatning zaiflashuviga olib keldi.
XIII asr boshida saltanatning sharqiy qo'shnisi bo'lmish Mo'g'iliston hududlarida kuchli davlat tashkil topib (1206-yil) uning hukmdori Temuchin ("Chingizxon") boshiligidagi mug'ullar istilosi natijasida Markaziy Osiyo misli ko'rilmagan istilochilik va talon-taroj maydoniga aylandi. Davomiy ichki tanazzul alomati mo'g'ullarning tinimsiz zarbasi ostida Xorazmshohlar saltanatining tarix sahnasidan tamom tushmog'i tomon davom etdi. 1221-1231-yillar davomida Sulton Jaloliddin Manguberdi tomonidan mo'g'ul istilochilariga qarshi olib borilgan qahramonona kurashlar ham samara bermadi.
Monografiya, Markaziy Osiyoda XI asrning oxirlaridan XII asrning boshlarigacha bo'lgan davr tarixi bilan shug'ullanuvchi izlanuvchilar, olimlar, talabalar va qiziquvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv mashg'ulotlarida qo'shimcha adabiyot sifatida foydalanish mumkin.
Title
Xorazmshoxlar-Anushtakinlar davlati (1077-1231)
Description

Creator
Contributor
Publisher
Date
Identifier
Rights
© Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 2025 y.
Subjects
Geography. Biography. History
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage