Ushbu o'quv qo'llanma Markaziy Osiyoxalqlarining eng qadimgi davridan, ya'ni mintaqada kishilik jamiyatini paydo bo'lishidan to Arab xalifaligigacha bo'lgan tarixini o'z ichiga oladi. Ma'lumki, Markaziy Osiyo insoniyat sivilizatsiyasining eng qadimiy o'choqlaridan bo'lib, keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va ilmiy tadqiqot izlanishlari buni yana bir marta tasdiqladi. Yaponiya, Avstraliya, Fransiya va Rossiyalik arxeologlarning O'zbekiston olimlari blan hamkorlikda o'tkazilgan ilmiy ekpeditsiyalari juda samarali bo'ldi. Mazkur hamkorlikning natijasi o'laroq olingan ilmiy-amaliy yangiliklar ham o'quv qo'llanmada o'z aksini topgan.
O'quv qo'llanmada mintaqada ro'y bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar ilmiy va qiyosiy tahlil asosida xronologik ixchil bayon qilingan. Shu jihatdan ham "Tarix" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun nihoyatda zarur hisoblanadi. Tarixni bilish esa mamlakatimizning ushbu mintaqa xalqlari bilan diplomatik, iqtisodiy, madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish va samarasini ta'minlashga xizmat qiladi. Ayni shu ma'noda Markaziy Osiyo - Oltoy mintaqasi, Sharqiy Turkiston, Mo'g'uliston, Dashti Qipchoq, Janubiy Osiyo va O'rta Osiyo mintaqalarida joylashgan o'nlab davlatlar, xalqlar, elatlar tarixini biladigan zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash o'ta dolzarbdir.
Shunday qilib, mazkur o'quv qo'llanma Markaziy Osiyo xalqlari tarixining eng qadimgi davrlaridan to ilk o'rta asrlarigacha bo'lgan voqealarni qamrab olgan bo'lib, "Markaziy Osiyo xalqlari tarixi" yo'nalishida ta'lim olayotgan ikkinchi bosqich talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmaga kiritilgan ma'lumotlar, voqealar taxlili, tarixiy jarayonlarni xronologik, izchil bayon qilinishi talabalarga, shuningdek, tariximiz bilan qiziquvchilarga ham foyda keltiradi degan umiddamiz.
Title
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi (Eng qadimgi davrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha)
Description

Creator
Contributor
Publisher
Date
Identifier
Rights
© Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010
Subjects
География. Биографии. История
Language
Type
Format
Relation
Source
Coverage